Publisher's Synopsis
This work is written in Uzbek. This is for all Uzbeks in the world!
O'zbek bolalar adabiyotidagi ilk ilmiy-fantastik asar!Mazkur asar voqealari koinotda kechuvchi o?tkir syujetlar asosiga qurilgan. Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad yaratgan juda noyob fazo kemasi yerlik olimlar qolib, o?zga sayyoraliklarning e'tiborini tortadi. Endi u o?zi bilmagan holda galaktikamizdagi yovuz kuchlar va yaxshilarning kurashiga aralashib qoladi... Asardan parcha
- Ko'rib turganingizday qurilmani odatiy raketa fazoga olib chiqadi, - Ahmad chizmalarni namoyish qildi.
Chizmadagi suratlarga qarab bir nimani tushunish qiyin edi. Chunki unda turli matematik belgi va formulalar, geometrik shakllar g?ij-g?ij edi. Ammo bir qarashda bu narsalar judayam malakali muhandis tomonidan tuzilgan chizmaga o'xshab ketardi.
- Uchar qurilma raketadan ajralib, - davom etdi qahramonimiz, - kichik energiya evaziga fazodagi gravitatsiya to'lqiniga tushib oladi. Gravitatsiya, ya'ni butun olam tortishish qonunlariga ko'ra buni amalga oshirish mumkin. Nyuton va Eynshteynning gravitatsiya haqidagi nazariyalari ham buni tasdiqlaydi. Gravitatsiya butun olamni harakatlantirib turadigan ko'rinmas kuchdir. Fazoda esa gravitatsiyaning xuddi daryoga o'xshash to'lqinlari bor. Mening kemam ana shu to'lqinga tushib olsa bas, fazoning istalgan nuqtasiga katta tezlikda uchib ketaveradi. - U shunday deb monitorda o'zining hisob-kitoblari tushirilgan chizmani ko'rsata boshladi. - Kvant fizikasining asoslari shuni ko'rsatadiki...
- Shoshma, bolakay! - Ahmadning gapini ko'zoynak taqqan hakam to'xtatdi. - To'g?risi, bu chizmalar va sening gaplaringga tushunib bo'lmayapti. Sodda qilib aytganda, bu kema fazoda o'z-o'zidan, hech qanday raketa dvigatelisiz harakatlanadi, shundaymi?
- Xuddi shunday! Mana, bizning Yer sayyoramiz ham Quyosh atrofida hech qanday dvigatelsiz soniyasiga 30 km tezlik bilan uchib yuradi-ku. Bu to'ppochadan otilgan o'qdan 100-marta tezroq degani, axir!
Endi tanlovga yig?ilganlarning bari bir-biriga o'ychan qarab qolishgandi. Zalda "Mushtdek bolaning qulog?imizga lag?mon ilishini qarang", "Sal xayolparast bola ekan-mi?", "G?irt bo'lmagan gap" kabi pichir-pichirlar ko'payib qoldi. Ba'zilar esa Ahmadga hayrat bilan boqar, ularni uchar qurilma emas balki o'n ikki yoshli bolaning iqtidori ajablantirar edi.
- Men hozirda uchar qurilmaning bir gravitatsiya to'lqinidan boshqa bir to'lqinga o'tib, o'z yo'nalishini o'zgartirishi masalasida izlanyapman.
- Buning iloji yo'q! - dedi baland ovozda o'tirganlar orasida birov.
Eng oxirgi qatordan kelgan bu ovoz egasini izlab hamma orqaga qaradi. Bu bo'ylari past, judayam ozg?in va xunuk bir odam edi.
- Bolakay, nisbiylik nazariyasiga ko'ra, sen aytgan qurilmani fazoga uchirish mumkin, - tushuntira boshladi pakana odam. - Lekin uni boshqarib bo'lmay qoladi. Aniqrog?i, yerlik muhandislarning malakasi hali bunday qurilma yaratishga ojizlik qiladi.
O'zicha bilag?onlik qilayotgan bu g?alati odamga hamma taajjublanib qarab qoldi. Bolalar esa yaxshi boshlangan tanlovning bunaqa tus olganiga ko'nika olmay qovoqlarini uyib olishgandi.
- Nega endi?! - e'tiroz bildirdi Ahmad.
- Nega desang, yerliklar atom fizikasi va gravitatsiya asoslarini hali unchalik tushunishmaydi. Balki ellik yoki yuz yildan so'ng bu boradagi bilimlaringiz ortib qolar...
- Bo'ldi, bas qilinglar, - asabiy holda gapni bo'ldi ko'zoynakli hakam - yerliklar, yerliklar, deysiz... Nima, siz osmondan tushganmisiz?!
Hakam shunday dediyu bir nuqtaga qarab, qotib qoldi. Chunki hozirgina odamlar orasida unga angrayib qarab turgan mahmadona odam xuddi yer yutganday g?oyib bo'lgandi. U ko'zoynagini yechib, ko'zlarini ishqalab tag?in razm soldi - pakana odam haqiqatan ham yo'q edi. Hakam chuqur xo'rsinib joyiga o'tirarkan, stol ustidagi suvga qo'lini uzatib bir-ikki qultum suv ichdi. So'ng ayb ish qilib qo'ygan boladay boshini egib